
Astanadagi Jahon chempionatida belbog‘li kurashchilarimizning muvaffaqiyati evaziga O‘zbekiston bayrog‘i 5 marta hilpiradi
Joriy yilning 12-15 oktyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Astana shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha 2002-2004 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida navbatdagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Yigirmaga yaqin davlatlardan yig‘ilgan sportchilar o‘rtasidagi mazkur dunyo birinchiligi bellashuvlarida namanganlik tajribali murabbiy Elmurod Abdullaev boshchiligidagi terma jamoamiz ham ishtirok etib, 5 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni egallashdi. Ikkinchi o‘rinni 4 ta oltin medal bilan Rossiya terma jamoasi egallagan bo‘lsa, 3 ta oltin medalga ega chiqishga muvaffaq bo‘lgan mezbonlar uchinchi o‘rinni band etishdi.
Qo‘yida g‘olib va sovrindor polvonlarimiz bilan tanishing.
Oltin medal sohiblari
62.kg. Azizjon Azimjonov (Farg‘ona), 75 kg. Nusratbek Sultonboev (Andijon), 82 kg. Ilyos Ahmadov (Sirdaryo), 100 kg. Oybekjon Muhammadov (Farg‘ona), 76 kg. Zeboxon Nosirova (Namangan).
Kumush medal sohibi
+100 kg. Muhammad Vahobov (Toshkent v.).
Bronza medali sohiblari
52 kg. Farangiz Abdunabieva (Sirdaryo), 57 kg. Hasan Azimov (Toshkent v.), 62 kg. Navro‘zbek Mahamadaliev (Namangan), 75 kg. Fayozbek Abdug‘afforov (Farg‘ona), 100 kg. Umidjon Jalilov (Farg‘ona), +100kg. Asadbek Ma’rufov (Farg‘ona).
Fikrlar