"Aston Villa" 90 yillik rekordni takrorladi
"Aston Villa" Angliya premer-ligasining yangi mavsumini ketma-ket 4 ta g‘alaba bilan boshladi.
Kecha birmingemliklar safarda "Lester"ni (1:0) mag‘lubiyatga uchratdi. Bundan avvalroq, ular "Liverpul" (7:2), "Fulxem" (3:0) va "Sheffild Yunayted"dan (1:0) ustun kelgan edi.
“Aston Villa” so‘nggi 90 yil ichida ilk bor Angliya chempionatida mavsumni qatorasiga 4 ta g‘alaba bilan boshladi. Ular 1930/31 yilgi mavsumda ham xuddi shunday start olgan, ammo yakunda “Arsenal”dan so‘ng, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar