"Aston Villa" MYuni mag‘lub etib, 111 yillik natijani takrorladi
"Aston Villa" Angliya Premer-ligasi 17-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, klubning 111 yil oldingi natijasini takrorladi. Bu haqda "Opta Sports" xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Birmingem jamoasi 1914 yildan beri birinchi marta barcha turnirlarda ketma-ket 10 ta o‘yinda g‘alaba qozongan.
Bungacha "Aston Villa" APLda "Bornmut" (4:0), "Lids Yunayted" (2:1), "Vulverhempton" (1:0), "Brayton" (4:3), "Arsenal" (2:1), "Vest Hem Yunayted" (3:2) va Evropa Ligasida "Makkabi" Tel-Aviv (2:0), "Yang Boyz" (2:1) va "Bazel" (2:1) klublarini mag‘lub etgandi.
Ayni paytda "Aston Villa" 36 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi turda Emeri shogirdlari 27 dekabr kuni "Chelsi" mehmoni bo‘ladi.



Fikrlar