"Atalanta" hujumchisiga 8 klubdan qiziqish bo‘lmoqda!
"Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman ko‘plab Evropa klublarining qiziqishi doirasida bo‘lib turibdi.
Jurnalist Ekrem Konurning so‘zlariga ko‘ra, "Galatasaroy" nigeriyalik futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olishni ko‘rib chiqmoqda. Viktor Osimxenning Turkiyada o‘ynayotgani Lukmanning qaroriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, 28 yoshli futbolchiga "Inter", "Roma", "Napoli", "Atletiko Madrid", "Tottenxem", "Aston Villa" va "Vest Xem" ham qiziqish bildirmoqda.
"Atalanta" hujumchisini taxminan 55-60 million evroga sotmoqchi. Bu mavsumda Lukman barcha musobaqalarda 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta gol urdi. Uning bergamoliklar bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.
Fikrlar