
"Atalanta" jamoa bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Jan Pero Gasperini "Atalanta" bilan kelishuvni uzaytirishi mumkin. Bu haqda Janluka Di Martsio xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, klub bosh murabbiyga 2027 yilgacha mo‘ljallangan yangi kelishuvni taklif qilgan.
Avvalroq, 67 yoshli mutaxassis 2026 yilda tugaydigan amaldagi shartnomasini uzaytirmasligini aytgan edi. U hatto jamoani shu yilning o‘zidayoq tark etishi mumkinligini taxmin qilgandi.
Ma’lumot uchun, "Atalanta" A Seriya turnir jadvalida 37 turdan so‘ng 74 ochko to‘plab, 3-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar