
"Atalanta" o‘z maydonida "Sassuolo"ni yanchib tashladi (video)
Italiya A Seriyasining 15-turida “Atalanta” o‘z maydonida “Sassuolo”ni qabul qildi.
Gollarga boy bo‘lgan ushbu bellashuv 5:1 hisobida bergamoliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. “Atalanta” safida gollarni Duvan Sapata (11', 49'), Matteo Pessina (45'), Robin Gosens (57') va Luis Muriel (67') kiritdi. “Sassuolo”ning yagona goliga Vlad Kirikesh (75') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar