"ATF Championship 19" ikki markaziy jangi ishtirokchilari ma’lum!

  • 29 sentabr, 2023, 14:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ma’lumki, yurtimizda MMA bo‘yicha ilk tashkil topgan ATF Championship promousheni yuqori saviyadagi turnirlarni tashkil etib kelmoqda.

Tecno

O‘zbekiston yakkakurash olamining yorqin namoyandasi Muzaffar Radjabov boshchiligida ushbu promoushen bizga har doim qiziqarli va shiddatli janglarni taqdim etib kelayotgani ham sir emas. Shuningdek, hozirga kelib, 18 ta turnirni o‘tkazib ulgurdi. "ATF Championship 19" esa yana bir necha kundan keyin Buxoro neftni qayta ishlash zavodi homiyligida tashkil etilmoqda. Ya’ni, 14 oktyabr kuni Buxoroning Qorovulbozor tumani "Yoshlar bog‘ida" bo‘lib o‘tadi.

Markaziy jangda hamyurtimiz Sharif Kushaev afg‘onistonlik Panjshiriga qarshi bahs yuritsa, 2-markaziy jang ham qiziqarli o‘tishi kutilmoqda. Unda Mavlon Mirkomilov yana bir afg‘onistonlik Feroz Badaxshiga qarshi oktagonga ko‘tariladi. To‘liq kardni tez orada ma’lum qilamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

IMG_20230929_142246_311_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!