
"Atletik" futbolchilari ham rozi bo‘lishdi
"Atletik" rasmiy matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi ortidan Ispaniyada futbol mavsumi to‘xtatilgani bois klub futbolchilari bilan o‘tkazilgan maoshlar qisqaruvi bo‘yicha muzokaralar ijobiy yakunlangan.
Bilbaolik futbolchilar pandemiya vaqtidagi moliyaviy zarbalarni yumshatish maqsadida maoshlarini 17 foizgacha pasaytirish bo‘yicha kelishuvga rozi bo‘lishgan.
Unga ko‘ra, agar mavsum davom ettirilmaydigan bo‘lsa, unda futbolchilari maoshi 17 foizga, agar turing qolgan bahslari muxlislarsiz maydonda o‘tkazilsa 6 foizga qisqaradi.
Ispaniyada mavsum to‘xtatilgunicha "Atletik" turnir jadvalida 37 ochko bilan 10 o‘rinni band etib turishgan edi.
Fikrlar