"Atletiko" Ansaldini yana ortga qaytarmoqchi
Madridning "Atletiko" klubi "Torino" himoyachisi Kristian Ansaldiga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra “matraschilar” 33 yoshli argentinalik futbolchini mavsumlar oralig‘ida tarkibga jalb etishni ko‘zlashmoqda. Aytish lozimki, Ansaldi uchun “Atletiko” begona emas. Boisi, u 2014/15 yillarda ushbu jamoa safida ijarada to‘p surgan.
Ansaldi joriy mavsum “Torino” tarkibida jami 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar