"Atletiko" Dyokereshga transferi bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 03.06.2025 19:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Avval xabar qilinganidek, "Sporting" hujumchisi Viktor Dyokeresh "Atletiko"ning asosiy transfer maqsadi sifatida ko‘rilgan edi. Biroq, "Mundo Deportivo" nashriga ko‘ra, madridliklar hozircha uni o‘z transfer rejalariga qo‘shmagan.

Klubda jiddiy o‘zgarishlar yuz bermagan taqdirda, Dyokereshning kelishi kutilmayapti. Madrid jamoasi o‘tgan mavsum Xulian Alvares uchun 75+15 million evro, Aleksandr Syorlot uchun esa 40 million evro sarflagan. Hozircha aynan shu ikki futbolchi kelasi mavsumdagi asosiy hujumchilar sifatida ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Anxel Korreaning jamoani tark etishi hali aniq emas. Klub transfer byudjeti bilan ehtiyotkorlik bilan ish yuritmoqda va mablag‘larni Aleks Baena ("Vilyarreal") hamda Kristian Romero ("Tottenxem") kabi futbolchilarga sarflashni ko‘zlamoqda.

Natijada, "Sporting" talab qilgan 70 million evroga qaramay, Dyokereshni xarid qilish rejadan chiqarilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!