
“Atletiko” eng sodiq futbolchisidan voz kechmoqda
“Atletiko” klubi o‘n yildan beri jamoa darvozasini qo‘riqlab kelayotgan Yan Oblakni transferga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, madridliklar maoshlar fondini qisqartirish maqsadida yozda tajribali golkiperni transferga qo‘yadi va Oblak bo‘yicha takliflarni o‘rganib chiqishga tayyor.
Diego Simeone Yan Oblakning o‘rniga “Valensiya”ning gruziyalik darvozaboni Georgi Mamardashvilini olib kelmoqchi.
Yan Oblak “Atletiko”ga 2014 yilda olib kelingan. Sloveniyalik posbon yulduzlik davrida Evropaning grand klublaridan chorlov olgandi. Biroq Madridda qolishni afzal ko‘rgan.
Transfermarkt portali 31 yoshli futbolchini 30 million evroga baholamoqda.
Fikrlar