"Atletiko" FIFAga arz qilmoqchi
"Atletiko" klubi Angliya futbol assotsiatsiyasining himoyachi Kiran Tripper ustidan chiqargan qaroridan norozi ekanini ma’lum qildi. Tashkilot uni pul tikish qoidalarini buzganlikda ayblamoqda.
AS nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar bu borada FIFAga apellyatsiya bermoqchi. Ular 30 yoshli futbolchi "matraschilar" safiga kelganidan beri hech qanday qoidabuzarlik amalga oshirmaganiga ishonadi. Shu sababli, cheklovlar faqatgina milliy terma jamoa safida amal qilishi kerak, deb hisoblamshoqda. Chunki Kiran madridliklar futbolchisiga aylanguniga qadar qoidaga zid ravishda pul tikkan.
Eslatib o‘tamiz, AFA Tripperni 10 haftaga diskvalifikatsiya qilgan va 70 ming funt sterling miqdarida jarimaga tortgan edi. Endi futbolchi "Atletiko"ga 12 ta uchrashuvda yordam bera olmaydi.



Fikrlar