"Atletiko" futbolchisiga narx belgiladi

  • 25.12.2025 16:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko Madrid" yarim himoyachisi Konor Gallaxer qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. 

Insayder Ekrem Konur ma’lum qilishicha, Ispaniya klubi Gallaxerni ijaraga berishni istamasa-da, uni butunlay sotishga tayyor. "Matraschilar" yarim himoyachini transferidan taxminan 46-52 million evro atrofida pul ishlab olishni reja qilgan. Konorning xizmatlariga ayni vaqtda "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Aston Villa", "Nyukasl", "Chelsi", "Milan" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda. 

25 yoshli futbolchining hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 35 million evroga baholanmoqda. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi.

Ma’lumot uchun, xavbek joriy mavsum "Atletiko" safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol kiritdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdiat.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!