"Атлетико" "Liverpul" posbonini yozda jamoaga jalb qilmoqchi

  • 01.04.2026 18:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Gruziyalik darvozabon Georgiy Mamardashvili yozgi transferlar oynasida klubini oʻzgartirishi mumkin.

"El Chiringuito TV" maʼlumotiga koʻra, Madriddning "Atletiko" klubi posbonni oʻz safiga qoʻshib olishga urinib koʻrishi mumkin. Bu transfer Yan Oblak jamoani tark etgan taqdirda amalga oshishi ehtimoli yuqori.

Soʻnggi vaqtlarda Oblakning "Atletiko"dan ketishi haqidagi mish-mishlar kuchaygan. Xabarlarga koʻra, 33 yoshli sloveniyalik darvozabon Saudiya Arabistoni klublaridan biriga yoʻl olishi mumkin.

Transfermarkt mutaxassislari Yan Oblakning transfer qiymatini 17 million yevro, Georgiy Mamardashvilinikini esa 28 million yevro deb baholamoqda.

Joriy mavsumda 25 yoshli gruziyalik posbon "Liverpul" safida 13 ta uchrashuvda qatnashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!