
"Atletiko" "Liverpul"dagi o‘sha mashhur uchlikni butkul tarqatib yubormoqchi
"Atletiko" Madrid klubi "Liverpul" hujumchisi Roberto Firminoni sotib olmoqchi. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar "Vulverxempton"ga o‘tib ketgan Mateus Kunyaning o‘rnini aynan Firmino bilan to‘ldirishni maqsad qilgan. Robertoning shartnomasi shu mavsum yakuniga qadar amal qiladi. Klub u bilan yangi bitim to‘g‘risida muzokara olib bormayapti.
Agar Firmino ketadigan bo‘lsa, "Liverpul"ning o‘sha mashhur uchligi butkul tarqab ketishi ham mumkin. Avvalroq, Mane "Bavariya" a’zosiga aylangan bo‘lsa, Salohga ham bir qancha qulay takliflar kelib tushmoqda.
Fikrlar