
"Atletiko" polshalik forvard uchun zo‘r taklif bilan chiqdi
"Napoli" hujumchisi Arkadush Milik faoliyatini "Atletiko"da davom ettirishi mumkin.
AS nashri xabariga ko‘ra, "Atletiko" Milikga hozirgi maoshidan ikki marotaba ko‘proq maosh taklif qilishga tayyorligini bildirgan.
"Matraschilar" ushbu masala bo‘yicha 26 yoshli futbolchining agenti bilan uchrashib ulgurgan.
Oldinroq, transfer summasi 32 million evroga baholanayotgan Milik uchun "Tottenxem" ham da’vogarlik qilayotgani ma’lum qilingan edi.
Fikrlar