"Atletiko" Sanchesga 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda

  • 07.06.2019 11:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avval xabar berganimizdek “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Aleksis Sanches “Atletiko”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

La Gazzetta dello Sport  nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” 30 yoshli chililik futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilishmoqda. Ammo, unga qancha maosh va’da qilinayotgani ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Sanches “Manchester Yunayted” safida 2018 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. U ayni damda APLning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Sanches yakunlangan mavsum MYu safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va bor yo‘g‘i 1ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!