"Atletiko" so‘nggi marta qachon "Kamp Nou"da g‘alaba qozonganini bilasizmi?

  • 06.02.2022 17:15
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun 20:15da "Barselona" - "Atletiko" uchrashuvi boshlanadi. Mazkur o‘yin oldidan bir qiziqarli faktga to‘xtalib o‘tamiz: 

"Matraschilar"ning "Kamp Nou", ya’ni "Barselona" maydonidagi so‘nggi g‘alabasi 2006 yilga to‘g‘ri keladi. Shu yili Madrid klubi 3:1 hisobida g‘alaba qozongan. "Atletiko" safida Torres dubl qayd etgan, shuningdek, Maksi Rodriges ham gol urishga muvaffaq bo‘lgan. "Barselona"dan Larsson bu gollarga bir bora javob qaytargandi. 

Ma’lumot uchun, ushbu jamoalarning birinchi davrada "Vanda Metropolitano" o‘yiygohida bo‘lib o‘tgan o‘yini 2:0 hisobida Simeone shogidrlarining g‘alabasi bilan yakunlangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!