"Atletiko" vingeri "Milan"ga o‘tishga yaqin turibdi

  • 21.07.2019 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Atletiko" klubi vingeri Anxel Korrea katta ehtimol bilan faoliyatini "Milan"da davom ettiradi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” 24 yoshli argentinalik futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishib bo‘lishgan. Endi ular faqatgina “matraschilar”ni ko‘ndirishga bas. Madridliklar esa Korreaning transferini 50 million evroga baholashmoqda.

Ma’lumot uchun, Korrea o‘tgan mavsum “Atletiko” safida jami 49ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!