"Atletiko" yangi hujumchi xarid qilmoqchi

  • 6 fevral, 2021, 16:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" "Ayntraxt" hujumchisi Andre Silvani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Calciomercato" nashri yozmoqda. 

O‘tgan yili sentyabr oyida Silva "Milan"dan Bundesliga klubiga ko‘chib o‘tgandi. "Ayntraxt" portugaliyalik hujumchi uchun 3 million evro to‘lagandi. Ayni damda uning transfer narxi 28 million evroga baholanmoqda.

Joriy mavsum Andre 20ta o‘yinda maydonga tushib, 17ta gol urdi hamda 5ta golga assistentlik qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!