"Атлетико" yozda yetti nafar futbolchi bilan tarkibni kuchaytirmoqchi

  • 06.06.2026 13:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Atletiko" klubi yozgi transfer oynasida keng ko‘lamli tarkib yangilanishini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Klub sport direktori Mateu Alemani chap va markaziy himoyachi, markaziy yarim himoyachi, ikki nafar vinger, hujumchi hamda Antuan Grizmann o‘rnini bosadigan futbolchini jamoaga olib kelishni maqsad qilgan.

"Matraschilar"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri — "Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelyani xarid qilish orqali chap qanotni kuchaytirish hisoblanadi.

Shuningdek, "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva Grizmannning vorisi sifatida ko‘rilmoqda. Fransiyalik yulduz faoliyatini AQShning "Orlando" klubida davom ettirmoqda.

Bundan tashqari, madridliklar o‘tgan mavsumni ijaraga asosda jamoada o‘tkazgan "Yuventus" vingeri Nikolas Gonsalesning transfer huquqini to‘liq sotib olishni ham rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!