"Atletiko" "Yuventus" xavbekiga qiziqib qoldi
Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.
Tuttosport nashrining yozishicha 20 yoshli urugvaylik futblchining xizmatlariga Madridning “Atletiko” klubi jiddiy qiziqib qolgan. Ta’kidlash lozimki, “matraschilar” Rodrigoning o‘yinlarini ko‘pdan buyon kuzatib kelishmoqda.
O‘z navbatida “Yuventus” iqtidorli futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Rodrigo Bentankur joriy mavsum A Seriyada jami 14ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Fikrlar