"Atletiko"ning sobiq hujumchisi yanvarda Rim klubiga o‘tishi mumkin

  • 27.12.2021 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Verona"da to‘p surayotgan xorvatiyalik tajribali hujumchi Nikola Kalinich Italiyaning boshqa bir klubiga o‘tishi mumkin.

Jurnalist-insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, futbolchining agenti “Latsio” bilan muzokaralar olib bormoqda. Transfer kelasi oy amalga oshirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Nikola "Verona" safiga 2020 yilda "Atletiko"dan ko‘chib o‘tgan edi. Uning transferi italiyaliklarga 1,8 million evroga tushgan edi.

Kalinich A Seriyaning joriy mavsumida 9 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 3 ta gol va hamda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!