ATP. Jokovich va Medvedev g‘alabaga erishdi

  • 17 noyabr, 2020, 20:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

London shahri tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yilning yakuniy turniriga mezbonlik qilmoqda. Bugun guruh bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi.

Chempionlik uchun yana bir da’vogar Novak Jokovich o‘z o‘yinini o‘tkazdi. Argentinalik Diego Shvartsmanga qarshi kortga chiqqan serbiyalik raketka ustasi nisbatan oson g‘alabani qo‘lga kiritdi. Yakuniy hisob: 6:3, 6:2.

Shuningdek, rus sportchisi Daniil Medvedev ikki setda germaniyalik Aleksandr Zverev qarshiligini sindirishga muvaffaq bo‘ldi. Bellashuv Medvedevning 6:3, 6:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!