Auktsionda APL futbolchilari imzosi tushirilgan 500 ta futbolka o‘ynaladi
Angliya premer-ligasi klubi futbolchilari koronavirusga qarshi kurashayotgan Milliy sog‘liqni saqlash xizmati (NHS) xodimlarini qo‘llab-quvvatlashdi.
Aniqrog‘i, bugun 3 iyun kuni Ebay internet-auktsionida APL futbolchilari imzosi tushirilgan 500 ta futbolka o‘ynaladi. Xohlovchilar 5 funt evaziga ushbu auktsionda ishtirok etishlari mumkin. G‘oliblar nomi esa 1 iyul kuni e’lon qilinadi. Bundan tushgan barcha mablag‘lar NHS hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
Koronavirus tufayli to‘xtatib qo‘yilgan APL uchrashuvlari esa 17 iyun kuni davom ettiriladi.

Fikrlar