
Aviahalokatda vafot etgan Salaning otasi 3 oydan so‘ng yurak xurujidan olamdan o‘tdi
Frantsiyaning “Nant” klubi sobiq hujumchisi Emiliano Salaning otasi yurak xurujidan vafot etdi.
La Nación nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 58 yoshli argentinalik o‘z uyida, ya’ni Santa-Fe provintsiyasida joylashgan Progreso shahrida olamdan o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, marhumning o‘g‘li Emiliano Sala joriy yilning 21 yanvar kuni La-Mansh bo‘g‘ozida aviahalokatga uchrab vafot etgan edi. U charter reys bilan Uelsga, ya’ni yangi jamoasi hisoblangan “Kardiff” safiga borib qo‘shilish uchun yo‘l olgan edi.
Fikrlar