Avstriyalik velopoygachi doping iste’mol qilgani uchun 2 yilga qamaldi!
Qonunda shunday belgilangan.
Avstriyalik velopoygachi Shtefan Deniflga doping iste’moli uchun qamoq jazosi tayinlandi.
Insbruk shahri sudi tomonidan chiqarilgan qarorga ko‘ra, sportchi ikki yil qamoqda saqlanadi. Denifl "qon" dopingidan foydalangani uchun 2019 yilda to‘rt yil muddatga diskvalifikatsiya qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Avstriya antidoping qoidabuzarliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortish normasi joriy etilgan mamlakatlar qatoriga kiradi.


Izohlar (0)