Avtohalokatga uchragan Entoni Joshuа faoliyatini yakunlaydi (mi?)
Javohir Malikov
Bu haqida bokschining amakisi ma'lum qildi.
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaning amakisi Adedamola Joshua jiyani boksdagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.
"Eng muhimi, Joshua boksdagi karyerasini tugatadi. Bu bizni quvontirmoqda, chunki u har safar ringga chiqqanida turli hissiyotlarni boshdan kechiramiz. Har safar uni nokdaunga tushirishganda yuragimiz qinidan chiqib ketadi. Biroq Endi, u ketishini e’lon qilmoqchi va biz bundan xursandmiz", - deya Adedemolaning so‘zlarini keltirdi Nigeriyaning "Punch" nashri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Joshua va uning murabbiylari Nigeriyada avtohalokatga uchragandi. Ushbu baxtsiz hodisa oqibatida bokschining ikki murabbiyi bu dunyoni tark etdi.

Izohlar (0)