Avval ko‘nmagan yulduz baribir Ronalduning jamoasiga boradigan bo‘ldi

  • 11 iyun, 2024, 17:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” darvozaboni Voytsex Shchensni ham Evropa futbolini tark etadigan bo‘ldi.

Tecno

Polshalik golgiper Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan “An-Nasr”dan taklif olgan edi. Avvaliga Voytsex yiliga 15 million evrolik maosh evaziga Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga ko‘nmadi.

The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, keyingi muzokaralarda saudiyaliklar mashhur futbolchining roziligini olgan.

Voytsexga bu gal har mavsum uchun 19 million evro maosh va’da qilindi.

Endi “An-Nasr” mutasaddilari “Yuventus” bilan kelishib olishi kerak. Aslida turinliklar bir yillik shartnomasi qolgan 34 yoshli darvozabon bilan xayrlashishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!