
"Ayaks" etakchisi bilan yangi shartnoma imzoladi
"Ayaks" futbolchisi Dushan Tadis bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Tadichning amsterdamliklar bilan amaldagi kelishuvi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan edi. Tomonlar bitimni yana bir yilga uzaytirdi.
"Sir emaski, Dushan "Ayaks" uchun muhim futbolchi. U maydonda ham, uning tashqarisida ham haqiqiy etakchi. Tadich ajoyib holatda, u yaqin yillarda jamoaga yordam bera oladi", - dedi "Ayaks" sport direktori Mark Overmas.
Serbiyalik yarim himoyachi "Ayaks" safida jami 149ta o‘yinda maydonga tushib, 76ta gol urgan. O‘tgan mavsum Amsterdam klubi sardori Niderlandiyada yilning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgandi.
Fikrlar