
"Ayaks" etakchisi "Yuventus"ga qarshi o‘ynay oladi
Amsterdamning "Ayaks" klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong "Yuventus"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL chorak final javob bahsida ishtirok etish uchun Turinga yo‘l oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, de Yong shanba kuni Gollandiya chempionati doirasida "Ekselsior" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinning birinchi bo‘limida jarohat olgan va zaxiraga olingan edi.
Ma’lumot uchun, "Yuventus" - "Ayaks" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi. Ushbu jamoalarning Amsterdamda o‘tgan o‘yinida 1:1 hisobida durang qayd etilgandi.
Fikrlar