
"Ayaks" o‘z murabbiyini "Roma"ga qo‘yib yubormadi
“Roma” klubi Klaudio Raneridan bo‘shagan bosh murabbiy lavozimiga haligacha birortda mutaxassis topolmayapti.
Sky Sport Italia tarqatgan xabarga qaraganda rimliklar “Ayaks”ga bosh murabbiy Erik ten Xag borasida taklif bilan murojaat qilgan. Biroq, ular yakunda rad javobini olishdi. Boisi, amsterdamliklar ten Xagni o‘zlarida saqlab qolishmoqchi.
Endi “Roma”da Paulu Fonseka (“Shaxtyor”) va Roberto De Dzerbi (“Sassuolo”) kabi mutaxassislar nomzodi qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Roma” o‘tgan mavsum A Seriyani 6-o‘rinda yakunlandi.
Fikrlar