"Ayaks" rekord o‘rnatdi

Gollandiya chempionatining 18-turida "Ayaks" "Ado Den Xaag" (6:1) jamoasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa, "Ayaks"ning 2019 yildagi barcha turnirlarda urgan gollari soni 163 taga etdi va bu ko‘rsatkich Gollandiya klublari tarixidagi eng ko‘pi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, "Ayaks" Gollandiya chempionatining joriy mavsumida 18 ta uchrashuv o‘tkazib, 58 ta gol kiritishga ulgurdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!