
Ayni paytdagi eng yaxshi bokschi kim? Aleksandr Usik javob berdi
Ukrainalik yulduz Aleksandr Usik ayni paytdagi eng kuchli professional bokschi kimligini aytdi.
"Men uchun ayni damda sayyoradagi eng yaxshi bokschi - Terens Krouford. Bu inson menga juda yoqadi, u ajoyib bokschi hamda juda mehnatkash” — dedi Usik "DAZN" ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Terens Krouford oxirgi jangida Isroil Madrimovni ochkolar evaziga mag‘lub etgandi.
Fikrlar