
Ayollar terma jamoamiz AQShga o‘ta yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi AQShga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Unda amerikaliklar yirik 9:1 hisobida vakillarimizdan ustun keldi.
Raqiblarning 9 ta goliga terma jamoamiz safida Aziza Norboeva bir marta javob qaytara oldi, xolos.
Qayd etish lozim, ushbu o‘yin Ogayo shtatining markazi hisoblangan Kolombus shahrida bo‘lib o‘tdi. Bellashuvga "Lower.com" arenasi mezbonlik qildi.
Fikrlar