
Ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi 10:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Kuni kecha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichida Shri-Lanka bilan kuch sinashib, 10:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Ushbu bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Kotrina Kulbite bo‘lib o‘tgan uchrashuv va bo‘lajak o‘yinlar haqida gapirib o‘tdi.
"Avvalambor barcha tabriklar uchun kattakon rahmat. Shu bilan birga, o‘yinchilarimni ham chin qalbimdan tabriklayman. Bugun juda yaxshi o‘ynab, ajoyib natija qayd etishdi. To‘g‘ri, hisob 10:0 dur, lekin hali ham rivojlanishimiz va o‘sishimiz zarur. Bu uchun esa imkoniyatlar etarlicha. Endi bor e’tiborimizni ikkinchi o‘yinga qaratamiz. Bugun hujumkor jamoa sifatida ustunlik bilan harakat qildik. Birinchi bo‘limning avvalida biroz qiyinchiliklar bo‘ldi. Bu haqida ham bosh qotirib, o‘ylashimiz va echim topishimiz zarur. Sababi, keyingi o‘yinlar raqib jamoalar bizga qarshi shu quroldan foydalanib, qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Yana bir bor futbolchilarimni tabriklayman" - deya o‘z so‘zlarini yakunladi.
Ma’lumot o‘rnida, ayollar milliy terma jamoasi keyingi bellashuvini 2 iyul kuni Laosga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar