Aysberglar orasida, savdo markazi tomida va boshqa antiqa joydagi stadionlar haqida eshitganmisiz?

  • 21 aprel, 2021, 18:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol stadionlari orasida mashhurlari juda ko‘p. Ayniqsa, Evropa grandlari to‘p suruvchi arenalar nomi muxlislar uchun yod bo‘lib ketgan. Shunday bo‘lsada, sayyoramizda shunday stadionlar borki, siz ular haqida eshitmagansiz. Vaholanki, bu stadionlar e’tibor markazimizda bo‘lishga to‘liq haqli!

Tecno

«Ernando Siles» (Boliviya)

121241244

Boliviya terma jamoasi uy o‘yinlarini o‘tkazuvchi stadion boshqalardan ajralib turadi. Dengiz sathidan 3500 metr balandlikdagi inshootda yaqindagina Argentina terma jamoasi mehmon bo‘ldi. Messi esa, uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

«Ulkan balandlikdagi ajoyib g‘alaba! Bu erdagi g‘alabaning qadri baland».

12121212

2017 yilda Neymar o‘zining "Instagram" sahifasida qiziq suratni e’lon qilgan edi. Unda jamoadoshlari kislorod balonchalari yordamida nafas olayotgani aks etgan. Darhaqiqat, bunday balandlikda nafas olish mushkul. O‘sha bahsdan so‘ng, Braziliya futbol rahbarlari Boliviyaning uy uchrashuvlarini boshqa mamlakatda o‘tkazishni taklif qilgan edi.

Vojdovas (Serbiya)

12124144

Bir qarashda, arenaning boshqalarnikidan farqi yo‘q. Sinchiklab qarasangiz, o‘yingoh savdo markazining tomida joylashganini sezasiz. Belgrad shahridagi stadion kulgili ko‘rinishi mumkin, biroq UEFAning barcha talablariga to‘liq javob beradi. Hatto, Chempionlar Ligasining guruh bahslarini ham qabul qilishi mumkin.

«Braga Munisipal» (Portugaliya)

121224442

Taniqli «Braga» jamoasining uy stadioni qoyaning tagida joylashgan. 2004 yildagi Evropa chempionati oldidan qurilgan bo‘lib, tribunalar temir troslar yordamida bir-birga mahkamlangan.
Arena bir vaqtning o‘zida 30 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Bunaqasi Evropada boshqa yo‘q.

«Ottmar Xittsfeld Arena» (Shveytsariya)

1212214124

Mahalliy «Gspona» muxlislari sifatli futboldan lazzat olmasligi mumkin, biroq tabiat go‘zalligi borasida hammadan oldinda.
Bu erga muxlislarning etib kelishi juda mushkul. Faqat kanatlar yordamidagina stadionga qadar ko‘tarilish mumkin. Boz ustiga, tribunalar borasida ham muammo mavjud. Shuga qaramay, arena dengiz sathidan balandligi borasida Evropada tengsiz.

«Igraliste Batariya» (Xorvatiya)

1212124334

Xorvatiya – Evropaning ko‘hna mamlakati. Bu erda futbol atmosferasi o‘zgacha. Xorvatiya tarixiy binolari bilan mashhur.

«Igraliste Batariya» – tribunalari YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan ikki bino o‘rtasida joylashgan. 15 asrda qurilgan qal’a Avliyo Mark bu tomonda bo‘lsa, ikkinchi tomonda Kamerlango qal’asi ko‘rinib turibdi.

«Svangaskard» (Farer)

1231241436346

Totfire shaharchasida atigi 800 kishi istiqomat qiladi. «Svangaskard» stadioni esa, 6000 ming muxlisga mo‘ljallangan.

Avvalari bu erda Farer orollari terma jamoasi to‘p surgan. Hozirda mahalliy «Toftir» klubi o‘z o‘yinlarini shu erda o‘tkazadi. Atrof muhit ko‘zni qamashtiradi. Yashil vodiy va chuqur ko‘l. O‘z vaqtida, bu stadionlarga Evropaning kuchli terma jamoalari tashrif buyurgan.

«BBVA Bankomer (Guadalupe)» (Urugvay)

124124214

Montarreydagi stadion 52 ming muxlisga mo‘ljallangan bo‘lib, 2015 yilda bunyod etilgan. Aslida, hech qanday maqsadsiz qurilgan bo‘lsada, arena tezda mashhur bo‘lib ketdi.
Serra-de-la-Silya tog‘i tagida joylashgan arena muxlislar bilan har doim ham to‘lavermaydi. 2017 yilda ushbu arenada olingan surat ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p muhokamaga sabab bo‘ldi.
Kuzatuvchilar ushbu arenadagi muxlislar jamoasi mag‘lub bo‘lsa, tog‘dan boshiga tushirib yuborishi mumkinligi haqida kulgili izohlar qoldirgan.

«Fleut» (Singapur)

1212121212212

Singapurda suvda suzib yuruvchi stadion borligidan xabaringiz bormi?
2007 yilda bunyod etilgan stadion sayyoramizdagi eng katta suzuvchi kontsert zali ham hisoblanadi. E’tiborlisi shundaki, bu erda futbol uchrashuvini bir vaqtning o‘zida 30 ming muxlis tomosha qilishi mumkin.

Hozircha, stadionda birorta ulkan o‘yin o‘tkazilmagan. Quyi divizion vakillarigina stadionda to‘p surgan, xolos. Asosan, kontsertlar chog‘ida tribunalar to‘lishi mumkin.

«Stadion Mmbato» (JAR)

123123124212553

Sig‘imi 59 ming bo‘lishiga qaramay, 2010 yilda FIFA JChga mezbonlik qilayotgan JARga bu stadionda o‘yinlar o‘tkazishga ruxsat bermagan.

Barchasiga g‘alati qurilgan tribunalar sabab. FIFA vakillari bunday tribunalar translyatsiyani buzib qo‘yishini vaj qilib ko‘rsatgan va «Mmbato»ni ro‘yxatdan o‘chirgan edi.
Hozirda mahalliy universitetlar talabalari o‘rtasidagi sport musobaqalari shu erda o‘tkazilmoqda.

«Tartan Cherni Balog» (Slovakiya)

Slovakiyadagi «Tartan» muxlislari har doim ham e’tiborini o‘yinga qarata olmaydi. Sababi, istalgan paytda poezd ovozi ularni chalg‘itib qo‘yishi mumkin.

1985 yilda qurib bitkazilgan o‘yingoh temir yo‘l bazasi yonginasida joylashgan bo‘lib, mahalliy temiryo‘lchilar bu klubni juda ham yomon ko‘radi.

Grenlandiyadagi ochiq stadion

12122112

Qorlar mamlakatida ham futbol birinchiligi mavjud. Har yilda bir bor barcha klublar bir joyga jam bo‘ladi va bir hafta ichida musobaqa g‘olibini aniqlab beradi. Turnir avgust oyining oxirida boshlanadi.

O‘yinlarni o‘tkazish uchun turli stadionlar tanlanadi. Siz ko‘rib turgan arena bundan 3 yil ilgari musobaqaga mezbonlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!