
Azar 11 mln evroga Madriddan uy sotib oldi (FOTO)
Mavsumlar oralig‘ida “Chelsi”dan “Real”ga ko‘chib o‘tgan vinger Eden Azar Madriddan 11 million evroga ajoyib uy sotib oldi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, ushbu uy Ispaniya poytaxtining eng go‘zal tumani – La Finkada joylashgan bo‘lib, ushbu uyda avval mashhur qo‘shiqchi Alexandro Sansu yashagan.
Azarning yangi uyida 6 ta yotoqxona, basseyn, trenajyor zali, kinozal mavjud. Xatto, xovlida ixcham bog‘ va ajoyib tennis korti bor.





Fikrlar