Azar: "APL jismoniyroq, La Liga esa texnik jihatdan kuchli"
Futbolchi ikki ligani solishtirdi
Belgiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Eden Azar Angliya va Ispaniya chempionatlari oʻrtasidagi farq haqida fikr bildirdi.
Azar faoliyati davomida "Chelsi" safida Premier-ligada, shuningdek "Real Madrid" tarkibida La Ligada toʻp tepgan.
"APL va La Liga? Ularning oʻyin uslubi turlicha. Premier-liga jismoniy jihatdan ogʻirroq — sen hech qachon yugurishni toʻxtatmaysan. La Liga esa texnik jihatdan kuchliroq. “Real”da sen oʻyinni nazorat qilishing mumkin, ammo Premier-ligada bunday imkoniyat yoʻq — sen 90 daqiqa davomida toʻliq tezlikda oʻynashing kerak", — dedi Azar "The Guardian" nashriga bergan intervyusida.
Eden Azar 32 yoshida faoliyatini yakunladi. U “Real”dagi omadsiz davrdan soʻng futbol bilan xayrlashdi. Belgiyalik futbolchi eng yaxshi oʻyinini aynan “Chelsi” safida namoyish etgan.

Izohlar (0)