Azar ketganidan so‘ng "Chelsi"da 10-raqam kimga nasib etadi?

  • 23 iyul, 2019, 19:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klub yarim himoyachisi Villian kelgusi mavsum "ko‘klar" safida 10-raqamda to‘p tepishini aytib o‘tdi. Bu raqam Eden Azar "Real"ga o‘tib ketganidan so‘ng bo‘sh qolgan edi.

Tecno

"O‘ninchi raqam endi meniki. Klubdagilar mening raqamimni o‘zgartirishganligini ma’lum qilishdi. Bu raqamda to‘p tepish doimo yoqqan. Bolaligimdan mazkur raqam menga o‘zgacha hissiyotlar taqdim etgan va "Korintians"da ham ushbu 10-raqamda to‘p tepganman", - dedi braziyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Villian 2013 yildan buyon "aristokratlar" safida faoliyat olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!