Azar "Real"da qanday vazifani bajaradi?

  • 03.08.2020 21:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid yarim himoyachisi Eden Azar o‘zining “Qirollik klubi”dagi roli haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

“Men faqatgina gol urish haqida o‘ylamayman. Ba’zi futbolchilar faqat gol urishni o‘ylaydi. Lekin men unaqa emasman. Men vaziyatlar yaratishni bilaman. Men tez yordamman, gol urish mashinasi emas. Pas berishni afzal ko‘raman. Menga chiroyli gollar, so‘nggi daqiqalarda uriladigan va jamoaga g‘alaba keltiradigan gollarni yaratish ko‘proq zavq bag‘ishlaydi”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Azar yakunlangan mavsum “Real” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!