Azar “Real”dan ham, Evropadan ham ketadi

  • 12 dekabr, 2022, 06:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatardagi jahon chempionatida muvaffaqiyatsizlikka yuz tutganidan keyin Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan Eden Azar “Real”ni ham tark etishga qaror qildi.

Tecno

Aslida belgiyalik hujumkor futbolchi yanvarda Madriddan ketishi kutilayotgan edi. Biroq, 31 yoshli o‘yinchi faoliyatidagi o‘zgarishlarni yozga qoldirishga qaror qildi.

Taniqli jurnalist Santi Aunning ma’lum qilishicha, Azar AQSh chempionatiga yo‘l olishni rejalashtirmoqda.

Futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha tuzilgan. Shunga qaramay, Eden Karlo Anchelotti jamoasida muhim figura emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!