Azar: "Vinisiusga bosim juda katta, odamlar uning qanday ajoyib futbolchi ekanini unutib qo‘yishmoqda"

  • 11.03.2026 16:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real"ning sobiq futbolchisi Eden Azar Vinisius Juniyorga qaratilgan haqoratlar haqida fikr bildirdi.

"U shunchaki futbolni yaxshi ko‘radigan, o‘ynashni yoqtiradigan va o‘yindan zavq olishni istaydigan inson. Bu jihatdan u menga biroz o‘xshaydi.

Hozir biz uning maydonda qilayotgan ishlaridan ko‘ra, u nimaga duch kelayotgani yoki nima qilayotgani haqida ko‘proq gapiryapmiz. Odamlar uning qanchalik noyob futbolchi ekanini unutib qo‘yishyapti. Bu, albatta, unga bosim o‘tkazsa kerak. Bunday sharoitda o‘yinga kelib, faqat futbol haqida o‘ylash oson emas.

O‘yin oldidan uning hayolida juda ko‘p narsa bo‘ladi. Ba’zan men: “Bechora yigit”, deb o‘ylab qolaman. U o‘yin paytida haqoratlarga duch kelishini oldindan biladi va bunga qarshi deyarli jiddiy jazo ham qo‘llanmaydi. Bu juda og‘ir bo‘lsa kerak. Men hatto hayron qolmayman, agar u 30 yoshida futbolni tark etishini aytsa. Chunki baribir hech narsa o‘zgar mayapti.

Do‘st sifatida men unga shunday derdim: “Ehtiyot bo‘l. O‘zing istagandingdek o‘yna, ammo ehtiyot bo‘l. Odamlar sening tomon ingda, shuning uchun futbol o‘yna, zavq ol va biz — haqiqiy futbol muxlislarini xursand qil. Sen raqsga tushganda, odamlarga yoqadigan tarzda raqs tush. Ronaldinyo ham raqs tushardi, ammo men bunday janjallar haqida eshitmaganman”.

Men Vinisius bilan to‘rt yil birga o‘ynadim va u jismonan ham, ruhan ham kuchli ekanini tezda tushundim. Dunyodagi eng yaxshi klubda o‘ynab, u qilayotgan ishlarni bajarish — bu katta ish. Men bunga faqat hurmat bilan qarayman", — dedi Azar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!