Azarning goli ham "Borussiya" Dortmundni mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi (video)
Germaniya Bundesligasining 9-turida “Borussiya” Dortmund o‘z maydonida “Kyoln”ni qabul qildi.
Afsuski, “Signal Iduna Park” o‘yingohida kechgan bellashuv maydon egalarining 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Shu kuni mehmonlar futbolchisi Ele Sxiri (9', 61') dubl qayd etdi va jamoasiga 3 ochko keltirdi. Mezbonlarning yagona goliga Torgan Azar (74') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar