
Azim Ahmedovning "Paxtakor"ga qaytishi borasidagi xabarga oydinlik kiritildi. U Toshkentga nega kelgandi?
Biroz avval Namanganning "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Azim Ahmedov faoliyatini sobiq jamoasida davom ettirishi mumkinligi borasida klub muxlislar telegram kanali xabar tarqatgandi. Ushbu ma’lumot qanchalik haqiqatga yaqinligini tekshirish maqsadida SPORTS.uz muxbiri "Navbahor" klubi matbuot xizmati bilan bog‘landi.
"Navbahor" futbolchisi "Paxtakor"ga o‘tmoqdami?
Klub matbuot kotibi Ulug‘bek Umarovning SPORTS.uz vakiligi aytishicha, Azim Ahmedov chindan ham Toshkentga borgan ammo "Paxtakor" klubiga emas. Yarim himoyachi poytaxtga ish yuzasidan borganligan ekan. Shu bois Ulug‘bek Umarov muxlislar telegram kanalidagi xabarni inkor etdi.
Fikrlar