Aziz Alijonov "Neftchi"ning yoshlar jamoasiga ustozlik qiladi

  • 22.01.2021 20:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

2002-2014 yillar mobaynida “Neftchi” tarkibida o‘zining serqirra va mazmunli o‘yinlari orqali ko‘plab muxlislarning mehriga sazovor bo‘lgan, futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, yoshlarga saboq berib, “Neftchi” futbol maktabida murabbiy bo‘lib ishlab kelgan Aziz Alijonov endilikda “Neftchi” yoshlar jamoasi murabbiyi etib tayinlandi.

Ta’kidlash joizki, Aziz Alijonov qo‘l ostidagi yosh  futbolchilar 2004 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 2020 yil mavsumida O‘zbekiston chempioni hamda Superkubok g‘olibi unvonini qo‘lga kiritishgan.

Ertaga boshlanadigan an’anaviy “Hokim Kubogi – 2021” musobaqasida aynan ushbu 2004 yilda tavallud topgan yosh futbolchilar “Neftchi-2” jamoasi sharafini himoya qilgan holda maydonda kurash olib boradilar.

Demak, yangi futbol  mavsumida katta ishonch va umid bog‘lagan holda “Neftchi” klubining asosiy tarkibiga munosib yoshlar etishishini tilab qolamiz, - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javlon Abdullaev
22/01/2021 21:16
Onasini omiga