Aziz To‘xtaboev "Qizilqum"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mezbonlar ustozi Aziz To‘xtaboev bellashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugungi o‘yindan oldin rejalarimiz boshqacha edi. Futbolchilarga faqat g‘alaba qozonishimiz shartligini uqtirgandik. Bugun yutqazishga haqqimiz yo‘q edi. Afsuski o‘z xatolarimiz evaziga darvozamizdan gollar o‘tkazib yubordik. Xatolar ustida ishlaymiz. Hali kamchiliklarimiz etarlicha ekanligini bugungi uchrashuv ko‘rsatib berdi.

Bundan buyog‘iga har bir ochko oltinga teng bo‘lib bormoqda. Bizni oldinda juda qiyin o‘yinlar kutib turibdi. Navbatdagi bahslarda ijobiy natijalarni qayd etib turnir jadvalidagi o‘rnimizni yaxshilab olamiz deb ishonaman", - deb To‘xtaboevning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
19/10/2019 07:43
Хеч кандай бахона утмайди унутма
Расулжон Тоштемиров
19/10/2019 07:42
Азиз тухтабойов бутун фаргона каргишига колма