
Azizbek Abdulhabibov Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi
Xabar berganimizdek, Germaniyaning Duysburg shahrida para kanoe bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Bundan biroz avval erkaklar o‘rtasida KL2 klassida 200 metr masofaga o‘tkazilgan final bahsida hamyurtimiz Azizbek Abdulhabibov 42.208 soniya natija bilan marraga 6-bo‘lib etib keldi. E’tiborlisi, vakilimiz ushbu natija orqali Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.
Fikrlar