Azizbek Abdumo‘minov: "Kubokni O‘zbekistonga olib ketamiz"
Qatar maydonlari mezbonlik qilayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida O‘zbekiston o‘z yurishini g‘alaba bilan boshladi. Guruh bosqichining birinchi turida vakillarimiz 2:1 hisobida Paragvayni mag‘lub etishdi. Ushbu bahsda dubl qayd etib, terma jamoamizga g‘alaba keltirgan Azizbek Abdumo‘minov o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Butun O‘zbekiston xalqini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi birinchi o‘yin biz uchun juda muhim edi. Maksimal darajada murabbiylarimizning ko‘rsatmalarini bajarishga harakat qildik. Keyingi uchrashuvlarda bundanda yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishni maqsad qilganmiz. Hudo xohlasa, kubokni O‘zbekistonga olib ketamiz. Olg‘a O‘zbekiston!",- dedi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan Azizbek.

Fikrlar