BAA chempionati. "Al-Vahda" Hojimat Erkinovning goli evaziga g‘alaba qozondi

"Al-Vahda" klubi BAA chempionati 14-turi doirasida "Al-Batex" bilan kuch sinashdi va 1:2 hisobida zafar quchdi. 

Mezbonlar safida yagona golni Petrus Bumal kiritdi. Mehmonlarning ikki goli esa Ahmad Nurillohi va HOJIMAT ERKINOV nomiga qayd etildi. Hisobni 1:2 ko‘rinishiga keltirgan hamyurtimiz Erkinov o‘zining jamoasidagi ilk golini urdi. 

Shu tariqa, Abu Dabi jamoasi turnir jadvalida 5-o‘ringa joylashdi. Ular hisobida 24 ochko mavjud. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!